Imagine, if you will -- a gift. I'd like for you to picture it in your mind. It's not too big -- about the size of a golf ball. So envision what it looks like all wrapped up. But before I show you what's inside, I will tell you, it's going to do incredible things for you. It will bring all of your family together. You will feel loved and appreciated like never before and reconnect with friends and acquaintances you haven't heard from in years. Adoration and admiration will overwhelm you. It will recalibrate what's most important in your life.
Bir sovg'ani tasavvur qiling. Hayolingizga keltiring. U juda katta emas - taxminan golf to'pining hajmidek. Tasavvur qiling, u chiroyli qilib o'ralgan. Lekin, uning ichida nima borligini ko'rsatishimdan oldin, ishoning, u siz uchun ajoyib narsalarni keltiradi. U butun oilangizni birga ahil qiladi. Ularda sizga ilgari bo'lmagan muhabbat va qadrlash uyg'onganini ko'rasiz. Bir necha yillar davomida aloqada bo'lmagan do'stlar va tanishlaringiz bilan qayta bog'lanasiz. Zavq va faxr to'lib toshib sizni qamrab oladi. Hayotingizdagi eng muhim narsani qayta yuzaga keltiradi.
It will redefine your sense of spirituality and faith. You'll have a new understanding and trust in your body. You'll have unsurpassed vitality and energy. You'll expand your vocabulary, meet new people, and you'll have a healthier lifestyle. And get this -- you'll have an eight-week vacation of doing absolutely nothing. You'll eat countless gourmet meals. Flowers will arrive by the truckload. People will say to you, "You look great. Have you had any work done?" And you'll have a lifetime supply of good drugs.
Sizning ruhiy hissiyotingiz va e'tiqodingiz go'yo qayta tug'ilgandey bo'ladi. Tanangizga yangidan tushuna va ishonadigan bo'lasiz. Yengib bo'lmas darajadagi hayotga bo'lgan ishtiyoq va kuchga ega bo'lasiz. Lug'at boyligingizni oshirasiz, yangi odamlar bilan tanishasiz va sog'lomroq hayot tarzi da yashay boshlaysiz. Yanada, hech ish qilmasdan, sakkiz haftalik dam olishda bo'lasiz. Behisob, ajoyib va mazali taomlarni iste'mol qilasiz. Gullar yuk mashinalariga to'lib keladi. Odamlar sizga shunday deydi, "Juda ajoyib ko'rinasiz. Biror nima qildingizmi?" Shu bilan birga, yaxshi dorilarning hayotiy zahirasiga ega bo'lasiz.
You'll be challenged, inspired, motivated and humbled. Your life will have new meaning. Peace, health, serenity, happiness, nirvana. The price? $55,000, and that's an incredible deal.
Siz kurashasiz, hayojanda bo'lasiz, ishtiyoqqa to'la va kamtar bo'lasiz. Hayotingiz yangi ma'no oladi. Tinchlik, sog'liq, hotirjamlik, baxt, ezgu saodat. Narxi? 55000 dollar. Bu juda ham ajoyib baho.
By now I know you're dying to know what it is and where you can get one. Does Amazon carry it? Does it have the Apple logo on it? Is there a waiting list? Not likely. This gift came to me about five months ago. It looked more like this when it was all wrapped up -- not quite so pretty. And this, and then this. It was a rare gem -- a brain tumor, hemangioblastoma -- the gift that keeps on giving.
Shu paytgacha bu nima ekan va qayerdan olsa bo'lar ekan deb bilishga sabringiz yetmayapdi. Amazon bu narsani sotadimi? Unda Apple markasi bormi? Kutish ro'yxati bormi? Ko'rinishidan o'xshamaydi. Bu sovg'a menga besh oy oldin keldi. Atrofi o'ralganida mana bunga o'xshar edi- uncha chiroyli emas. Mana bu ham. Keyin esa bu. Bu noyob gavhar edi, miya o'smasi, markaziy asab sistemasining o'smasi, qayta qayta berilveradigan mukofot.
And while I'm okay now, I wouldn't wish this gift for you. I'm not sure you'd want it. But I wouldn't change my experience. It profoundly altered my life in ways I didn't expect in all the ways I just shared with you.
Hozir, mening ahvolim yaxshi, lekin bu mukofotni sizga aslo ravo ko'rmayman. Siz buni xohlashingizga ishonchim komil emas. Ammo, men boshimdan o'tgan kunlarni o'zgartirmagan bo'lardim. Bu hayotimni men kutmagan darajada juda ham o'zgartirdi, hozirgina sizga aytib bergan hamma usulda o'zgartirdi.
So the next time you're faced with something that's unexpected, unwanted and uncertain, consider that it just may be a gift.
Agar siz shunday kutilmagan, istalmagan va noaniq narsaga duch bo'lsangiz, shuni yodda tutingki, u bir sovg'a bo'lsihi mumkin.
(Applause)
(Qarsaklar)